Toshkentda «Hizb ut-Tahrir» tashkiloti a’zosi ekanligi gumonlanayotgan shaxs 10 nafardan ortiq sinfdoshlariga Telegram guruhi orqali ekstremistik mazmundagi materiallar tarqatib kelgani aytilmoqda. Ushbu guruh a’zolari «tahrirchilar» faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda gumonlanib, hisbga olindi.
Samarqandda to‘rt kishi «Hizb ut-Tahrir» ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilish, mamlakatdagi konstitutsion tuzumni ag‘darib, xalifalik davlatini tiklashga uringanlikda gumonlanmoqda. Ularni Polshada yashiringan tashkilot yetakchilaridan biri boshqargani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘qon shahrida «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi. U oldin ham «Hizb ut-Tahrir» safida faoliyat olib borganligi uchun ikki marta jazo muddatini o‘tab chiqqan.
Andijonda 12 nafar ayol ijtimoiy tarmoqlar orqali «Hizb ut-Tahrir» g‘oyalarini o‘rganishda gumon qilinmoqda. Ularning Turkiyada bo‘lib turgan ayolning ko‘rsatmalari asosida tez-tez yig‘ilib turishgani aytildi.
Toshkent shahar IIBB Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari sifatida gumon qilingan shaxslar ushlanib, qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting